Шадам » Зарубежная » Konsta, Akmalxo'ja - 15 Qorong'u 15 yorug'

Скачать Konsta, Akmalxo'ja - 15 Qorong'u 15 yorug' и слушать онлайн

Слушать песню 15 Qorong'u 15 yorug' от Konsta, Akmalxo'ja
  • Слушали: 102
  • Размер: 9.26
  • Длительность: 04:02 (полная песня)
  • Качество: 320 kbps
  • Дата релиза: 28.03.2023
Слушать
Скачать .mp3
0 0
Текст песни 15 Qorong'u 15 yorug'
O'rningdan tur, bu hali oxirimas
Darding og'ir bo'lsada, aniq eng og'irimas
O'tkan ish xato emas, yo'q, uni har biri dars
Osonroq bo'lmaydi, agar qilsang o'tirib arz

Imkoni yo'q narsani o'zi yo'q
O'zimiz ochamiz yangi yo'l agar yo'q bo'lsa yo'l
Iloji yo'q narsani o'zi yo'q
"U ziyon" degan xatolaring bu aslida ziyon!

Bu yaralarni barisi bitadi
Evaziga ba'zan dars keladi, ba'zan darz ketadi
Darz ketadi ishonch oynasiga
Keyin ko'ngil hech kimni qo'ymas ekan!

Lekin aniq bir safar keladi kun
Bulutlar orasidan bizga tikiladi kun
Ko'zlardagi olov dardni qiladi kul
Keladi kun, do'stim...!

Oyning o'n beshi qorong'u
Bo'lsa o'n beshi yorug'dur
Erishamiz baribir o'zimiznikiga
Aniq bu safar endi bizniki gal...!

Oyning o'n beshi qorong'u
Bo'lsa o'n beshi yorug'dur
Erishamiz baribir o'zimiznikiga
Aniq bu safar endi bizniki gal...!

O'zinga ber savol, do'stim
Barchasi yaxshimi rostdan?
Yiqilganing bu biroz dam
O'zingga ber savol, do'stim

Qanchalik xohliysan hayotingni o'zgartirishni?
Qachon boshliysan bir ishni o'ylamay bitirishni?
Bor kuching bilan kirishmay, bir martadan ko'p tirishmay
Maqsad nima? O'tirishmi? Unda bas qil gapirishni

Maqsading bo'lsa mingta qadamni ham ayama
Ming bor kurash, ming bor yiqil, bu ham kammi yana?
Yana shuncha harakat va yana, to erishmaguncha
O'zingga maqsad qilganlaringni berishmaguncha!

Sen butun boshli jamoa, bir o'zing bitta armiya
G'alaba to'liq seniki, kerakmas uni yarmiyam
Kerakmas senga g'am hop, o'zga bergani kamku
Tashvishing bo'lsa ham ko'p, iching dardga to'lsa ham kul...!

Charchaganingdayam to'xtamaslikka majbur qiladigan
Yiqilganda yana qayta turishga majbur qiladigan
Ertalablari shirin uyqudan turib, harakat qilishga majbur qiladigan
Orzuying bo'lishi kerak...!

Oyning o'n beshi qorong'u
Bo'lsa o'n beshi yorug'dur
Erishamiz baribir o'zimiznikiga
Aniq bu safar endi bizniki gal...!

Oyning o'n beshi qorong'u
Bo'lsa o'n beshi yorug'dur
Erishamiz baribir o'zimiznikiga
Aniq bu safar endi bizniki gal...!

(Oyning o'n beshi qorong'u)
(Bo'lsa o'n beshi yorug'dur)
(Oyning o'n beshi qorong'u)
(Bo'lsa o'n beshi yorug'dur)
(Oyning o'n beshi qorong'u)
(Bo'lsa o'n beshi yorug'dur)
(Oyning o'n beshi qorong'u)
(Bo'lsa o'n beshi yorug'dur)
Комментарии (0)
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив